O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Dam Olish Dunyosi-2017”

2017-04-13

13 va 14 aprel kunlari poytaxtimizning «UzExpoMarkaz» ko‘rgazmalar majmuasida 5-marta an’anaviy “Dam olish dunyosi” xalqaro turizm ko‘rgazmasi tashkil qilinmoqda. 

Ushbu mintaqadagi yirik turizm tadbirida alohida milliy pavilion tashkil etiladi va unda yurtimizning barcha viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi o‘zining turizm stendi bilan ishtirok etadi.

Har bir stendning biri boshqasini takror etmasligiga sabab esa, stendni namoyish etishda ishtirokchilarga qo‘yilgan talab ushbu viloyat, mintaqani respublikamizda tanilgan madaniy-me’moriy obyektlar, milliy hunarmandchilik mahsulotlari, folklor raqs va qo‘shiq tomoshalari hamda taomlarni namoyish etish orqali, mahalliy va chet ellik sayyohlarni jalb qilish, o‘z minaqalari haqida to‘la tasavvur hosil qilishga erishish zarur. Shu bilan bir qatorda, ushbu stendlarni tashkil etish va bezatilishi bo‘yicha tanlov ham e’lon qilingan. 

Bu yilgi ko‘rgazma maxsus hamkori Andijon viloyati bo‘lib, ushbu stendda mehmonlarni stend atrofiga jalb qilish uchun tashkilotchilar bir qator syurprizlar tayyorlashgan. Bu haqida ko‘rgazmaga tashrif buyurgach o‘zingiz guvohi bo‘lishingiz mumkin. 

Milliy pavilionda ko‘lami bo‘yicha esa Qashqadaryo viloyati turizm stendi eng katta hududda namoyish etib, yurtimizda turistlarni eng katta qismini jalb qiluvchi Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlaridan haqli ravishda qolishmaydigan turizm salohiyatiga ega ekanini namoyish qilishga astoyidil bel bog’lagan. Bunga esa hukumatimiz tomonidan viloyatning Qarshi va Shahrisabz shaharlarida 2015-2016 yillarda amalga oshirilgan ulkan ko‘lamdagi rekonstruksiya va qurilish ishlari zamin yaratdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ushbu takrorlanmas tadbirga barcha yurtdoshlarimizni ishtirok etib, barcha uchun yurtimizning qanchalik boy imkoniyatlar o‘lkasi ekaniga, u haqida bilimlarni yanada kengaytirishga taklif etadi.

Manba:  O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Поделиться