O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“BankЕxpo – 2017”

2017-04-12

Shu yilning 12-13 aprel kunlari Toshkentdagi “Ko‘rgazma savdo markazi” (Beruniy ko‘chasi, 41)da bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari milliy ko‘rgazmasi - “BankExpo – 2017” bo‘lib o‘tadi.

Ikki kun davom etadigan ko‘rgazmada mamlakatimiz tijorat banklari o‘zlarining mijozlarga taqdim etayotgan yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazadilar. Aholini tadbirkorlikka jalb etish, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borayotgan ishlari, yangi texnologiyalarning yangi imkoniyatlari bilan tanishtiradilar.

Shuningdek, “Elektron tijorat ishtirokchilari huquqlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini amalga oshirish” mavzusida seminar tashkil etiladi.

Milliy ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, Markaziy bank, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi, O‘zbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari, kollejlar, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Ko‘rgazma doirasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar bo‘yicha e’lon qilingan tanlov g‘oliblarini hamda bank mijozlari va ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur anjumanda faol qatnashgan va mijozlarga xizmat ko‘rsatishda yetakchi o‘ringa ega bo‘lgan kredit tashkilotlari ham munosib ravishda taqdirlanadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki

Поделиться