O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasining Quvaytga rasmiy tashrifi
2017-02-07
2017-yilning 7-10-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Quvayt Davlatida bo‘ladi.
Tashrif dasturidan Bosh vazir shayx Jaber al-Muborak al-Hamad as-Sabah, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri shayx Sabah al-Xolid al-Hamad as-Sabah, Milliy majlis Raisi Marzuq Ali Muhammad al-G‘anim bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston-Quvayt biznes-forumi va boshqa qo‘shma tadbirlarda ham ishtirok etadi.
Tashrif damovida investitsiya, ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.