O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kun

2016-10-21

Xalqning, millatning mavjudligi, avvalo, uning o‘z tiliga egaligi bilan belgilanadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, o‘zbek tilining huquqiy maqomi mustahkamlandi. 

Mazkur sana munosabati bilan mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalarida ona tilimizni rivojlantirish, uning betakror jozibasi va go‘zalligini namoyish etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim dargohlarida ushbu sana munosabati bilan “Ona tili va adabiyoti” oyligi tashkil etilmoqda. 

Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 243-umumta’lim maktabida ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “O‘zbek tilini o‘rganamiz”, “Kim ifodali, tez va ravon o‘qiydi?”, “Eng chiroyli husnixat egasi” kabi mavzularda bellashuv va tadbirlar, yuqori sinf o‘quvchilari uchun “Til – dil kaliti”, “Ajdodlari buyuk yurt farzandiman”, “Ona tili va adabiyoti bilimdonlari bellashuvi”, “Til borki, millat bor” kabi mavzularda adabiy kechalar, davra suhbatlari, “Asar qahramonlari mening tasavvurimda” mavzuida rasmlar tanlovi o‘tkazilayotir. 

– Bugungi globallashuv davrida tilimiz sofligini saqlash, so‘zlashuvda turli xorijiy iboralarni o‘rinli-o‘rinsiz ishlatavermaslik talab etiladi, – deydi mazkur maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Nilufar Komilova. – Bolaning boshqa fanlarni puxta o‘zlashtirishi uning o‘z ona tilini nechog‘li yaxshi bilishidan boshlanadi. Binobarin, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining tilni o‘rgatishdagi mas’uliyati nihoyatda katta. 

Dars jarayonida insholar tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar munosib rag‘batlantirilmoqda. She’riyat kechalari, uchrashuvlar, bilimlar bellashuvlarida zukko o‘g‘il-qizlar kuch sinashib, o‘z bilimini, ona tilimizga mehr-muhabbatini namoyish etmoqda. Fan oyligi davomida go‘zal shahrimiz bo‘ylab sayohat, muqaddas qadamjolarga ekskursiyalar uyushtirilmoqda. Tashkil etilayotgan tadbirlarga taniqli olim, yozuvchi va shoirlarning jalb etilayotgani o‘quvchilar savodxonligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. 

Поделиться