O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

IX Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi

2016-05-11

Har yili muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan va fan hamda ishlab chiqarish o‘rtasidagi kooperatsion aloqani ta’minlashning amaliy mexanizmiga aylanib ulgurgan Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi korxonalar hamda ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalar orasida o‘zaro manfaatli kooperatsion aloqalar o‘rnatish imkonini yaratdi, bu esa o‘z navbatida tegishli tarmoq va sohalarning innovatsion rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda.

O‘tkazilgan I-VIII yarmarkalar doirasida 3900 ga yaqin innovatsion g‘oya va texnologiyalar namoyish etilib, umumiy moliyaviy hajmi 112 milliard 600 million so‘m bo‘lgan 3100 dan ortiq shartnoma imzolangan. Shartnomalarning bajarilishi natijasida 1 trillion 800 milliard so‘mga yaqin bo‘lgan yangi mahsulotlar ishlab chiqarilgan, 59 nomdagi yangi mahsulot seriyali ishlab chiqarilmoqda, 54 ta shartnoma doirasida mahsulotlarning tajriba-sinov va sanoat namunalari yaratildi. Yuzlab korxona, fermer xo‘jaligi va tadbirkorlik sub’ektiga ilmiy xizmatlar ko‘rsatildi.

IX Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida innovatsion ishlanmalar an’anaviy 5 ta yo‘nalish bo‘yicha namoyish etiladi.

“Sanoat”yo‘nalishi bo‘yicha jami 150 ta ishlanma, jumladan neftgaz, kimyo, tog‘-kon sanoati, paxtani qayta ishlash tarmog‘i hamda tadbirkorlar va kichik biznes uchun taqdim etiladi.

“Axborot texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha respublikamiz oliy o‘quv yurtlari hamda axborot texnologiyalari markazlari tomonidan keng doiradagi iste’molchilar uchun 75 ta yangi ishlanma va dasturiy mahsulot taqdim etiladi.

“Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika” yo‘nalishi bo‘yicha 82 ta ishlanma, kasalliklarni davolashning yangi usullari va zamonaviy texnologiyalari, keksa yoshdagi aholi, shuningdek onalar va bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishga yo‘naltirilgan yangi yondashuvlarlar taqdim etiladi.

“Qishloq xo‘jaligi” yo‘nalishi bo‘yicha Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, qayta ishlash tarmog‘i, oziq-ovqat sanoati korxonalari va fermer xo‘jaliklari e’tiboriga 121 ta ishlanma taqdim etiladi.

Davlat ilmiy-texnika dasturlari va loyihalari doirasida ishlab chiqilgan va tayyorlangan 20 ga yaqin qishloq xo‘jalik texnikasi va uskunasini namoyish etish rejalashtirilmoqda, ular, albatta, fermer xo‘jaliklari vakillarida qiziqish uyg‘otadi.

“Fan va ta’lim” yo‘nalishi stendlarida ta’lim, yosh avlodni tarbiyalash sohasida keyingi yillarda erishilgan yutuqlar, tayyorlangan ilmiy monografiya, darslik va ishlab chiqilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, jami 16 ta ishlanma taqdim etiladi.

Atrof-muhit muhofazasi, tiklanishi va tozalanishini ta’minlovchi hamda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning samarali texnologiyalardan iborat respublikamiz ilmiy tashkilotlari va universitetlari tomonidan ishlab chiqilgan 50 dan ortik innovatsion ishlanma birinchi marta tashkil etilayotgan yangi "Ekotexnologiyalar" yo‘nalishida namoyish etiladi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun tashkil etilgan “YUqori texnologiyalar” (yoki “Hi Tech”) bo‘limida 30 ga yaqin eng ilg‘or innovatsion texnologiya taqdim etiladi.

Sanoat korxonalari, tadbirkorlar va kichik biznes vakillari uchun “Energiya va resurstejamkor texnologiyalar” yo‘nalishida energiya va resurslarni tejashning samarali usullari bo‘yicha 50 ta ishlanma taqdim etiladi.

Bundan tashqari, navbatdagi yarmarkada yosh olim va talabalarning 70 ta ishlanmasi, shuningdek yoshlarning innovatsion g‘oyalari III respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Shunday qilib, IX Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida 600 ta innovatsion g‘oya va ishlanma namoyish etiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi

Поделиться