O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

ShHT Hukumat rahbarlari kengashining 14-majlisi

2015-12-14

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiya 14-15-dekabr kunlari Chjenchjou shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Hukumat rahbarlari (bosh vazirlar) kengashining 14-majlisida ishtirok etadi.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari ShHTga a’zo davlatlarning Ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish jarayonini hamda tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.

Tadbirda ShHTda kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus, Eron, Hindiston, Mo‘g‘uliston va Pokiston vakillari, shuningdek, ShHT ishchi organlari - Kotibiyat, MATT ijroiy qo‘mitasi, Ishbilarmonlar kengashi va Banklararo birlashmasi, qator xalqaro va mintaqaviy tashkilot va forumlar – BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, MDH, ASEAN va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning rahbarlari ishtirok etadilar.

Поделиться