O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Voqealar

be7a3416-7b63-29a4-1664-6190e6b7b53f.jpg

Vatan himoyachilari kuni

14.01.2017

Mustaqil O'zbekistonda ushbu bayram o'z qurolli kuchlarini tashkil etishga bag'ishlangan. 1992 yil 14 yanvarda mamlakat parlamenti mamlakat hududidagi harbiy o'quv yurtlari va boshqa harbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini O'zbekiston Respublikasi yurisdiktsiya qaramog'iga o'tishi to'g'risida qarori qabul qilindi.1993 yilda 29 dekabrda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni deb e'lon qilindi.

1ed29a4e-cf08-d5bd-a699-7d567138c2d1.jpg

“Vatanga qasamyod” monumenti ochilgan kun

12.01.2017

“Vatanga qasamyod” monumenti yoshlarimizni ona yurtga mehr-muhabbat, sadoqat, mardlik va jasorat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, Vatanni ko‘z qorachig‘idek asrash, uni himoya qilish mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaroning muqaddas va sharafli burchidir.

110de8e4-eee0-0035-5a89-e80ce4ade52c.jpg

O‘zbekiston-Afg‘oniston siyosiy maslahatlashuvlari

09.01.2017

2017-yilning 9-10-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Afg‘oniston siyosiy maslahatlashuvlarining birinchi raundi bo‘lib o‘tadi.

88f4519b-7dde-ff4b-dccd-19544e182a3c.jpg

O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni

08.01.2017

2016-yil 19-dekabrda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan joriy yildan boshlab 8-yanvar kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.

b0e5c216-e2eb-848d-ad52-76205e95cf99.jpg

Yangi yil bayrami

01.01.2017
7bd122bd-1ac0-dc22-c59b-4eabe8c8af76.jpg

Mustaqillik va ezgulik monumenti ochilgan kun

28.12.2016

Ona sayyoramiz bag‘ridagi O‘zbekiston xaritasi, parvozga shaylangan turnalar, osuda tin olayotgan oq laylaklar, farzandiga mehr-la termilgan baxtiyor ona siymosi, marmardan ishlangan oppoq yo‘lak... 

158059dc-6708-76dc-8d82-66ba4847e31a.jpg

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga tashrifi

22.12.2016

2016-yilning 22-dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov amaliy tashrif bilan Toshkent shahriga keladi.

473fb18f-8fec-dcf2-a68a-444f72caa872.jpg

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining O‘zbekistonga tashrifi

16.12.2016

2016-yilning 16-dekabr kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dunkan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

a3cbb5df-70ab-c089-ade6-28310dcfebf4.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi

13.12.2016

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi 2016-yil 13-dekabr kuni ertalab soat 10.00 da Toshkent shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi.

12366cf2-3346-fdd8-18fe-0f81234ecd16.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

10.12.2016

O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.
O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.