Ўзбекистон Республикаси
Ҳукумат портали
Тўйлардаги ҳужжатсиз «хонандалар» – назоратда
2018-02-09 | Жамият
Юртимизда нима кўп тўй-ҳашам, байрам, тантаналар кўп. Албатта, бу каби тадбирлар санъаткорларсиз ўтмайди. Лекин кейинги пайтларда ўзини хонанда санаган «санъаткор»лар борки, улар амалдаги қонунчилигимизни ҳурмат қилмай, махсус рухсат берувчи ҳужжатларсиз фаолият юритаётганликларига гувоҳ бўлишимиз мумкин.
Viloyat Davlat soliq boshqarmasi hamda “O’zbekkonsert” davlat muassasasining viloyat bo’limi xodimlari bilan hamkorlikda qo’shma tadbirlar o’tkazilib, davlat ro’yxatidan o’tmasdan to’ylarda xizmat ko’rsatib yurgan shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq choralar ko’rilmoqda.
Xususan, 2017 yil davomida Guliston shahar va Mirzaobod tumani hududlarida o’tkazilgan tadbirlar davomida 5 ta holatda litsenziya olmasdan to’y marosimlarini o’tkazayotgan “san’atkor”lar aniqlanib, ulardan jami 31 turdagi umumiy qiymati 56 mln. 701 ming so’mlik musiqa asbob-uskunalari daliliy ashyo sifatida vaqtinchalik olib qo’yilgan.
Yurtimizda istalgan soha bilan qonun doirasida va qonun osti hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat yuritish uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Shu bilan birgalikda, ko’plab imtiyozlar ham belgilangan bo’lib, ulardan oqilona foydalanish fuqarolarning o’zlariga bog’liq bo’lmoqda. Qonun doirasidan chetga chiqish esa o’z navbatida, muqarrar jazo choralari belgilanishiga sabab bo’ladi. Bu esa boshqa sohalar singari san’atkorlarga ham mas’uliyat va majburiyat yuklaydi.
Soha vakillari nafaqat tadbirlar o’tkazilishida, balki yaratayotgan va ijro etayotgan asarlari odob-axloq qoidalariga, milliy mentalitet, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga muvofiq bo’lishiga katta ahamiyat bermoqdalar. Sahna madaniyati va tashqi ko’rinish madaniyati, qo’shiqlarni ijro etish talablariga rioya qilinishi, barchasi qonun hujjatlarida batafsil belgilab berilgan. Buning huquqiy asosi esa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2015 yil 9 dekabrdagi “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 354-sonli qaror bilan belgilangan.
Mazkur qarorga binoan, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish huquqiga 5 yil muddatgacha litsenziya berilishi yoki talabgorning arizasiga ko’ra litsenziya 5 yildan kam muddatga, biroq kamida 3 oydan kam bo’lmagan muddatga berilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Shuningdek, qarorda, jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat boji stavkalari (bir jismoniy shaxs hisobiga yillik boj miqdori, eng kam oylik ish haqi baravari miqdorida) belgilangan. Xususan restoranlar, barlar, qahvaxonalar va xususiy uylarda to’ylar (nikohni qayd etish, osh berish, kechqurungi nikoh to’yi, “kelin salom”, “sunnat to’yi”) tadbirlariga xizmat ko’rsatish reyting guruhini hisobga olgan holda (V-guruhga) eng kam oylik ish haqining 26 baravari hamda (VI-guruhga) 13 baravari etib belgilangan.
Faoliyatimizni qonun hujjatlariga muvofiq yuritish bizni ortiqcha xarajat va muammolardan samarali muhofaza qiladi.
Ilg’or XALILOV,
viloyat DSB jamoatchilik bilan aloqalar
va huquqiy axborot bo’limi bosh mutaxassisi
Манба: Сирдарё вилояти ҳокимлиги