O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Poytaxtimizda Yaponiya kinosi kunlari boshlandi

2017-03-25 | Madaniyat

Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida Yaponiya kinosi kunlari boshlandi. 

Unda Yaponiya kinematografiya san’atining o‘ziga xos jihatlarini aks ettirgan ikkita badiiy va uch animatsion film tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi. Qiziqarli voqealarga boy mazkur asarlar yapon xalqining turmush tarzi, madaniyati, urf-odatlari, yoshlarining dunyoqarashi va ichki kechinmalari haqida tasavvur uyg‘otadi. 

Madaniy anjuman Tomoyuki Furumaya tomonidan suratga olingan «Voyaga yetmaganlar uchun Busido» filmi namoyishi bilan boshlandi. «Miyori va sehrli o‘rmon», «Nafis so‘zlar bo‘stoni», «Yoz kechasidagi uyqu», «Pakana Maruko» kabi filmlar namoyish etiladi. 

Tadbirning ochilishida “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev, Yaponiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito va boshqalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlarning o‘rni katta ekanini qayd etdi. 

“O‘zbekkino” milliy agentligi va Yaponiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida o‘n ikkinchi bor tashkil etilgan Yaponiya kinosi kunlari 26-martga qadar davom etadi. 

Mamlakatimiz kino ixlosmandlari tadbir kunlari Yaponiyaning taniqli kino ijodkorlari – rejissyorlar, aktyorlar va ssenariy mualliflari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ladi. 

 
Sevara Alijonova, O‘zA

Поделиться