O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezidentlar "Qiz Jibek" operasini ko‘rdilar

2017-03-23 | Siyosat

Prezidentimizning Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi davom etmoqda. 

Kunning ikkinchi yarmida Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev hamrohligida “Ostona opera” Davlat opera va balet teatriga tashrif buyurdi. 

Qozog‘iston Prezidenti tashabbusi bilan qurilgan ushbu teatr 2013-yilda foydalanishga topshirilgan. Tomosha zali 1250 kishiga mo‘ljallangan. Qozog‘istonning ko‘plab madaniy tadbirlari mazkur teatrda o‘tkaziladi. 

Oliy martabali mehmon teatr bilan tanishtirildi. 

Prezidentlar bu yerda “Qiz Jibek” operasini tomosha qildilar. 

 
Anvar Samadov, O‘zA 

Поделиться