O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Istiqbolli hujjatlar imzolandi
2017-03-23 | Siyosat
O‘zbekiston-Qozog‘iston muzokaralari yakunida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo 13 hujjat imzolandi.
Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.
Shuningdek, parlamentarizm, soliq, transport, mudofaa, savdo-sanoat va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid hujjatlar imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida 2017-2019-yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida hududlararo hamkorlik to‘g‘risidagi bitim ular orasida alohida ahamiyatga ega.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev muzokaralar O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlariga xos o‘zaro hurmat va samimiyat ruhida o‘tgani, barcha strategik masalalar bo‘yicha tomonlar bir-birini qo‘llab-quvvatlaganini alohida ta’kidladilar. Ushbu tashrif mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik rivojida tarixiy ahamiyat kasb etgani, imzolangan hujjatlar xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qilishi qayd etildi.