O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijonda oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil etildi

2017-03-20 | Iqtisodiyot

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Andijon shahridagi mahalla guzarlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdo yarmarkasi ish boshladi. 

Andijon viloyati hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan yarmarkalardan fermer xo‘jaliklari, “Andijongo‘shtsutsavdo”, “Andijonbaliq”, “Elga xizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari, viloyatdagi agrofirmalar, parrandachilik korxonalari tomonidan yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan meva-sabzavot, oziq-ovqat va poliz mahsulotlari o‘rin olgan. Savdoga qo‘yilgan mahsulotlar narxi bozordagiga nisbatan ancha arzon va sifatli. 

– Bir kilogramm go‘shtni 20 ming so‘m, tuxumning donasini 400 so‘mdan plastik kartochkaga sotib oldik, – deydi Andijon shahrida yashovchi mehnat faxriysi Salimaxon Salohiddinova. – Aholiga shunday qulayliklar yaratib berilayotgani uchun davlatimizdan minnatdormiz. 

Ezgulik va mehr-oqibat ayyomi bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan tashkil etilgan savdo yarmarkalari yurtimizda inson omiliga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin namunasidir. Ayni paytda bu aholi turmush farovonligini oshirish, xalqimizning bayram dasturxoni to‘kin bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. 

Yarmarkaning ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi. 

 
Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA

Поделиться