O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Talabalarning Navro‘z sayli

2017-03-20 | Jamiyat

Prezidentimizning joriy yil 28-fevraldagi “2017-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mamlakatimizning barcha go‘shalarida, madaniyat va istirohat bog‘larida, mahalla guzarlari, ta’lim muassasalarida Navro‘z sayllari o‘tkazilmoqda. 

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimligi hamkorligida tashkil etilgan sayl “Navro‘z – eng ulug‘, tarovatli muazzam bayram” deb nomlandi. 

Universitet rektori A.Marahimov va boshqalar xalqimizning ezgu va go‘zal qadriyatlarini, olijanob orzu-intilishlarini mujassam etgan Navro‘z bayrami mustaqillik yillarida mamlakatimizda yashayotgan millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha vatandoshlarimiz orziqib kutadigan, umumxalq bayramiga aylanganini ta’kidladi. 

Karnay-surnay sadolari ostida boshlangan saylda iste’dodli talabalar tomonidan milliy urf-odat va an’analarga, betakror qadriyatlarimizga sadoqat, yurtni ko‘z qorachig‘idek asrash, vatanparvarlik tuyg‘ulari aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Navro‘z tarixiga oid ma’lumotlar, milliy urf-odatlarimizga oid badiiy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Sumalak, halim, ko‘k somsa kabi bahoriy taomlar namoyishi, xalq o‘yinlari, milliy hunarmandlik mahsulotlari hamda bugungi tinch-osuda hayotimiz, turli sohalarda erishilayotgan yutuq va marralar haqida hikoya qiluvchi ko‘rgazma tashkil etildi. 

Bayram oldidan fakultetlar o‘rtasida “Mohir oshpazlar”, “Bahoriy gullar”, “Sumalak sayli” nomli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilgan bo‘lsa, Navro‘z saylida tashkil etilgan shaxmat-shashka, stol tennisi, arqon tortish, voleybol, milliy kurash kabi musobaqalar barchaga olam-olam zavq baxsh etdi. 

Saylda universitet talabalari tomonidan lapar, yalla, aytishuvlar ijro etildi. 

 
Azima Qiyosova, O‘zA 

Поделиться