O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy saylov komissiyasida YeXHT DIIHB delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2017-03-17 | Saylov

2017-yil 17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomovning Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning direktori Mixael Georg Link boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi delegatsiya a’zolarini Komissiya tomonidan saylov qonunchiligini va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish yo‘lida amalga oshirilgan ishlari va faoliyati haqida batafsil xabardor qildi.

O‘z navbatida, YeXHT DIIHB direktori mamlakatimizda saylov tizimini yanada takomillashtirish masalalariga, xususan fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga berilayotgan e’tiborni yuqori baholadi.

Uchrashuv chog‘ida ta’kidlanganidek, YeXHT vakillari O‘zbekiston saylovlarida kuzatuvchilar sifatida 1999-yildan e’tiboran faol ishtirok etib kelyapti, saylov to‘g‘risidagi milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, saylovlarni demokratik tamoyillar va xalqaro standartlarga muvofiq ochiq va erkin o‘tkazish maqsadida YeXHT DIIHBning takliflari va tavsiyalari har tomonlama o‘rganilib inobatga olinmoqda.

Taraflar ikki tomonlama munosabatlarni davom ettirishga tayyor ekanligini ta’kidladilar va kelgusi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikr almashdilar, shuningdek Markaziy saylov komissiyasi va YeXHT DIIHBning o‘zaro hamkorlik qilishining asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Djon MakGregor, Markaziy saylov komissiyasi, Tashqi ishlar vazirligining mas’ul xodimlari va YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisining vakillari ishtirok etdi.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazida ham YeXHT DIIHB delegatsiyasining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Поделиться