O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Moskvadagi Vazirliklararo maslahatlashuvlarga doir
2017-03-16 | Siyosat
2017-yilning 13-15-mart kunlari Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi inventarizatsiya va ikki tomonlama munosabatlarning shartnoma-huquq bazasini mukammallashtirish bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya vazirliklararo maslahatlashuvlarida ishtirok etdi.
Rossiya delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirligi MDH mamlakatlari uchinchi departamenti rahbari o‘rinbosari Yevgeniy Terexin boshchilik qildi.
Maslahatlashuvlar chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya tomonlaridan ko‘rib chiqilayotgan va bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvda imzolanishi rejalashtirilayotgan hujjatlar loyihalari muhokama qilindi.