O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bo‘lajak O‘zbekiston-Qirg‘iziston siyosiy maslahatlashuvlariga doir
2017-03-11 | Siyosat
2017-yilning 12-mart kuni Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Dinara Kamolova boshchiligidagi delegatsiyasi Toshkent shahriga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi. Tashqi siyosiy idoralar rahbarlari o‘rinbosarlari darajasidagi tadbirda O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarining holati tahlil qilinib, ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqiladi.