O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qonun ijrosiga bag‘ishlandi

2015-02-24 | Jamiyat

Jizzaxda O'zbekiston Respublikasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida"gi qonuni ijrosiga bag'ishlangan mintaqaviy seminar bo'lib o'tdi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati, BMT Taraqqiyot dasturining "Mahalliy boshqaruv tizimini qo'llab-quvvatlash: 2-bosqich" loyihasi doirasida tashkil etilgan seminarda shahar, tuman hokimliklari matbuot xizmati, jamoat tashkilotlari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

– Ushbu qonun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning tarkibiy va hududiy bo'linmalari faoliyatining ochiqligini ta'minlashga nisbatan tatbiq etiladi, – deydi Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Dilmurod Abdurahimov. – Qonun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to'g'risida axborot olish huquqining kafolatlarini ta'minlash, mansabdor shaxslarning qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas'uliyatini oshirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to'g'risidagi axborotni tarqatish tartiblarini belgilaydi.

Tadbirda mazkur qonun ijrosi, uni hayotga izchil tatbiq etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar, galdagi vazifalar, joylarda qonun ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgn chora-tadbirlar, erishilayotgan natijalar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Ochiq muloqot tarzida o'tgan seminarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Поделиться