O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BMT delegatsiyasining uchrashuvlari
2017-03-03 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha yordamchisi Miroslav Yencha boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev bilan suhbatda O‘zbekiston va BMT o‘rtasida o‘zaro ishonch va manfaatdorlik hamda ochiq muloqotga asoslangan munosabatlar qaror topgani qayd etildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning BMT bilan o‘zaro aloqalari tobora kengayib borayotgani, iqtisodiyot, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, ekologiya, madaniyat va ta’lim yo‘nalishlaridagi hamkorlik samaralari alohida qayd etildi.
BMT delegatsiyasi mamlakatimizning turli vazirlik va idoralarida ham uchrashuvlar o‘tkazdi.