O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
XQXQ Mintaqaviy vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv
2017-02-22 | Siyosat
2017-yilning 22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xalqaro qizil xoch qo‘mitasining (XQXQ) Markaziy Osiyodagi Mintaqaviy vakolatxonasi yangi rahbari Jan-Jerom Kasabyankani qabul qildi.
J.J.Kasabyanka Vazirga XQXQ Prezidenti Peter Maurer imzolagan tayinlov to‘g‘risidagi maktubni topshirdi.
Suhbat davomida 2017-yilda 25-yil to‘ladigan O‘zbekiston va XQXQ o‘rtasidagi hamroklikning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv chog‘ida o‘zaro kelishilgan loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.