O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya Elchisi bilan uchrashuv
2017-02-21 | Siyosat
2017-yilning 20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Rossiya Federatsiyasining Favquloda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining 18-yig‘ilishi yakunlari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat davomida turli darajadagi bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar kun tartibiga taqdim etilayotgan masalalar ham ko‘rib chiqildi.