O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezidentimiz ipakchilikka ixtisoslashtirilgan qo‘shma korxona loyihasi bilan tanishdi
2017-02-10 | Siyosat
Davlatimiz rahbari Angor tumanida Xitoy bilan hamkorlikda tashkil etilishi rejalashtirilgan “Huashen Silkworm Pro” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxona loyihasi bilan tanishdi.
Joriy yilda foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan yangi korxona ipak qurti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, bu yerda 3 ming 700 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.
Surxondaryo viloyati mamlakatimizda ipakchilik sohasida katta tajribaga ega. 2016-yili 3 ming 394 fermer xo‘jaligi tomonidan qariyb 1 ming 553 tonna pilla yetishtirildi.
Davlatimiz rahbari mazkur loyiha bilan tanishar ekan, Surxon vohasida serhosil ipak qurti parvarishlash uchun tabiiy iqlim va qulay sharoitlar yetarli ekanini ta’kidladi.
Yangi korxona mamlakatimiz ipakchilik sanoatini sifatli xomashyo bilan ta’minlashga, voha aholisi uchun yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.