O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Akmal Saidovning Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

2015-02-20 | Siyosat

O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Akmal Saidov 19-fevral kuni Farg'ona viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 11-Farg'ona okrug saylov komissiyasining raisi N.Sobirov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili M.Bekmirzayeva yig'ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Akmal Saidov o'z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so'zladi.

Nomzodning saylovoldi dasturida o'zbek xalqining tarixiy, madaniy va intellektual merosi, an'ana va qadriyatlarini asrab-avaylash, boyitish, uning yutuqlarini aholi, birinchi navbatda, navqiron avlod orasida keng targ'ib etish bilan birga aholi uchun oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashni yanada kuchaytirish, aholining ovqatlanish xilma-xilligini kengaytirish, uy-joy qurilishi va infratuzilmani qo'llab-quvvatlash, yosh oilalar uchun uy-joy qurilishi davlat dasturi bajarilishining bundan keyin ham tizimli ravishda davom ettirilishiga ko'maklashish va boshqa qator masalalarga alohida e'tibor qaratilgan.

Uchrashuvda O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Farg'ona viloyati kengashi raisi A.Mirsaidov, Buvayda tumani "Beshterak" qishloq fuqarolar yig'ini raisi I.Enazarov va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirib, Prezident saylovi milliy qonunchiligimiz asosida ochiq va oshkora o'tayotganini alohida ta'kidladi.

Поделиться