O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Prezidentning Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasini borib ko‘rdi

2017-02-03 | Siyosat

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasiga tashrif buyurdi. 

Prezidentimiz taklifi bilan 2017-yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilindi. Xalqni eshitish, aholining talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Shu maqsadda 2016-yil 28-dekabrda Prezidentimizning «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. 

Mazkur farmonga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasida ham fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilishiga oid konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash uchun barcha qulaylik yaratilgan. 

Qabulxonaga kiraverishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir», degan so‘zlari bitilgan. Muassasa faoliyati ana shu mezon asosida yo‘lga qo‘yilgan. Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni tashkil etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va saqlash uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. Xodimlar, yosh bolali onalar, nogironlar va fuqarolar uchun barcha jihatlar e’tiborga olingan. 

Toshkent shahrida aholi ko‘pligini inobatga olib, bu yerda sohaviy bo‘limlar tashkil etilgan. Ushbu qabulxona Amir Temur ko‘chasi, 14-uyda joylashgan. 

Davlatimiz rahbari Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishar ekan, uning tashkiliy jihatlariga yuqori baho berdi. Endi uni mazmunan boyitish, ichki madaniyatini mustahkamlash zarurligini alohida ta’kidladi. 

Toshkent shahrining salohiyati ham, aholi soni, odamlarning talabi ham boshqa joylardagidan yuqori. Ishni shunga muvofiq tashkil etish kerak. Bu maskan xalq manfaatlarini ta’minlaydigan, ishonchini qozonadigan dargoh, adolat zamini bo‘lsin, dedi davlatimiz rahbari. 

Поделиться