O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
AQSh Elchisi bilan uchrashuv
2017-02-02 | Siyosat
2017-yilning 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.
Suhbat davomida Toshkent shahrida ikki davlat ishbilarmon doiralarining nufuzli delegatsiyalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan Amerika-O‘zbekiston savdo palatasining navbatdagi majlisi yakunlari muhokama qilindi.
TIVda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomon munosabatlarining boshqa dolzarb masalalari, jumladan turli darajalardagi bo‘lajak uchrashuvlarning jadvali va kun tartibi ko‘rib chiqildi.