O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Akmal Saidovning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvi

2015-02-18 | Siyosat

O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Akmal Saidov 17-fevral kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasining raisi J.Inog'omov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili F.Muhiddinova yig'ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Akmal Saidov o'z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so'zladi.

Dasturda O'zbekiston xalqining milliy-madaniy va ma'naviy-axloqiy qadriyatlari, urf-odatlarini saqlash va boyitishga alohida e'tibor qaratilgan. Ayniqsa, mahalla milliy demokratik institutini yanada takomillashtirish, uning tashkiliy va iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, fuqarolarning mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan masalalarni hal etishda hamda milliy-ma'naviy qadriyatlar, urf-odat va an'analarni qayta tiklash va boyitishdagi bevosita ishtirokini kuchaytirish yuzasidan bir qator ustuvor vazifalar belgilangan. Ayni paytda milliy bozorni sifati past, xalqaro andozalarga mos kelmaydigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)dan muhofaza qilish, qulay va jozibador sarmoya muhitini shakllantirishning huquqiy asoslarini kuchaytirish ham dasturdan o'rin olgan.

Uchrashuvda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professori B.Egamberdiyev va boshqalar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ko'ppartiyaviylik hamda muqobillik asosida, demokratik tamoyillarga mos tarzda o'tayotganini ta'kidlab, Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi va unda belgilangan ustuvor vazifalar xususida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi. Saylovchilarni 2015-yil 29-mart kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Поделиться