O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga Yagona portal orqali murojaat qilish imkoniyati yaratildi
2017-01-24 | Texnologiyalar
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini (Yagona portal) yanada rivojlantirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yangi imkoniyatlar va qulayliklar taqdim etish maqsadida Yagona portalda O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati o’z interaktiv xizmatlarini taqdim eta boshladi.
Mazkur imkoniyat so’zsiz fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga o’z muammolarini ortiqcha byurokratik to'siqlarni chetlab o’tgan holda tez va sifatli hal etishlariga yordam beradi. Ushbu imkoniyatning amalga oshirilishi mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini shakllantirishda qo’yilgan muhim qadamlardan biridir.
Yagona portal yangiliklarini kuzatishda davom eting, tez kunlarda sizni yangi xizmatlar kutmoqda!