O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Prezidenti hamdardlik bildirdi
2017-01-24 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriya Prezidenti Yanosh Aderga Italiya shimolidagi Verona provinsiyasida Vengriya fuqarolarini olib ketayotgan avtobusning yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lganligi munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamda jarohat olganlarga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi.