O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Prezidenti hamdardlik bildirdi
2017-01-20 | Siyosat
2017-yilning 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga Tehron shahrida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan maktub yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari o‘z maktubida samimiy ta’ziya izhor etib, qurbon bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik tuyg‘ularini yetkazishni so‘radi hamda jarohat olganlarni qisqa muddatda sog‘ayishini tiladi.