O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida

2015-02-12 | Hujjatlar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti taklifiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2015-yil 23-yanvardagi qarorlariga muvofiq Bosh vazir lavozimiga Sh.M.Mirziyoyev tasdiqlangan.

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq:

Mirziyoyev Shavkat Miromonovich - Bosh vazir
qishloq va suv xo'jaligi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste'mol tovarlari masalalari kompleksi rahbari,
1. Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi
2. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi faoliyatini muvofiqlashtiradi

Azimov Rustam Sodiqovich - Bosh vazirning birinchi o'rinbosari – moliya vaziri makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o'zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari,
1. Iqtisodiyot vazirligi
2. Moliya vazirligi
3. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
4. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
5. Davlat soliq qo'mitasi
6. Davlat bojxona qo'mitasi
7. Davlat statistika qo'mitasi
8. Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi
9. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini muvofiqlashtiradi

Zokirov Botir Irkinovich - Bosh vazir o'rinbosari – Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi raisi
kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari,
1. Favqulodda vaziyatlar vazirligi
2. Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi faoliyatini muvofiqlashtiradi

Ibragimov G'ulomjon Inomovich - Bosh vazir o'rinbosari
geologiya, yoqilg'i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari,
1. Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi faoliyatini muvofiqlashtiradi

Rozuqulov Ulug'bek Ubaydullayevich - Bosh vazir o'rinbosari – «O'zavtosanoat» AK boshqaruvi raisi
mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksi rahbari

Ikromov Adham Ilhomovich - Bosh vazir o'rinbosari imadaniyat, ta'lim, sog'liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari,
1. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
2. Xalq ta'limi vazirligi
3. Sog'liqni saqlash vazirligi
4. Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatini muvofiqlashtiradi

Bositxonova Elmira Irkinovna - Bosh vazir o'rinbosari – O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi raisi

Vazirliklar

Saidova Galina Karimovna - Iqtisodiyot vaziri

G'aniyev Elyor Majidovich - Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri

Abduhakimov Aziz Abduqaharovich - Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri

Teshayev Shuhrat Jo'raqulovich - Qishloq va suv xo'jaligi vaziri

Mirzohidov Xurshid Mirsobirovich - Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

Berdiyev Qobul Raimovich - Mudofaa vaziri

Ahmedboyev Adham Akramovich - Ichki ishlar vaziri

Komilov Abdulaziz Hafizovich - Tashqi ishlar vaziri

Ikromov Muzraf Mubarakxodjayevich - Adliya vaziri

Alimov Anvar Valiyevich - Sog'liqni saqlash vaziri

Vahobov Alisher Vosiqovich - Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri

Inoyatov Ulug'bek Ilyosovich - Xalq ta'limi vaziri

lavozimi bo'yicha - Madaniyat va sport ishlari vaziri

Xudaybergenov Tursinxon Aydarovich - Favqulodda vaziyatlar vaziri

Davlat qo'mitalari

Parpiyev Botir Rahmatovich - Davlat soliq qo'mitasi raisi

Dusanov Zohid Abduqayumovich - Davlat bojxona qo'mitasi raisi

To'rayev Botir Eshboyevich - Davlat statistika qo'mitasi raisi

Hidoyatov Davron Abdulpattaxovich - Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi

Arabov Saidqul Amirovich - Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi raisi

To'ramuratov Ilhomboy Bekchonovich - Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi raisi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a'zolari etib tasdiqlansin.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumatining boshlig'i O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga lavozimi bo'yicha kiradi.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2015-yil 11-fevral

Поделиться