O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BAA Elchixonasiga tashrif
2017-01-13 | Siyosat
2017-yilning 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Birlashgan Arab Amirliklarining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi va Afg‘onistonning Qandahor shahrida sodir etilgan terrorchilik hujumi oqibatida BAA gumanitar missiya vakillarining fojiaviy halok bo‘lishlari munosabati bilan ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.
BAAning Muvaqqat ishlar vakili Roshid al-Mazruiy hamdardlik va dalda uchun O‘zbekiston tomoniga samimiy minnatdorchilik bildirdi.