O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sog‘lom oila – jamiyat tayanchi

2015-02-12 | Jamiyat

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan «Sog'lom ona – sog'lom bola» milliy modelini hayotga tatbiq etish, aholining reproduktiv salomatligini muhofazalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalarga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi.

O'zLiDeP siyosiy kengashi ijroiya qo'mitasi raisi o'rinbosari M.Akromova, O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi raisi o'rinbosari N.Tojiboyeva va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida aholi salomatligini muhofazalash, onalik va bolalikni himoyalash, oilada sog'lom farzand tug'ilishi va kamolga yetishini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 1-avgustdagi «2014-2018-yillarda O'zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o'smirlar sog'lig'ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to'g'risida»gi qarori bu boradagi ishlar ko'lamini kengaytirishda muhim dasturilamal bo'layotir.

Mamlakatimizda ushbu yo'nalishda belgilangan ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etish yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ona-bola skriningi xizmati, perinatal markazlar tarmog'i tobora rivojlanmoqda. Birlamchi tibbiy-profilaktika muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotir. Tibbiyot xodimlarining malaka va mahoratini yuksaltirish, ona va bolaga tibbiy xizmat ko'rsatish sifati va samaradorligini yuksaltirish, yangi tibbiy texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish doimiy e'tiborda.

«Sog'lom ona – sog'lom bola» loyihasida belgilangan ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan birga siyosiy partiyalar ham faol ishtirok etayotir. Jumladan, O'zLiDeP tomonidan bu borada bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

2014-yilda partiyaning Ayollar qanoti tashabbusi bilan joylarda ko'plab tadbirlar tashkil etildi, ikkita maxsus loyiha amalga oshirildi. Ushbu tadbirlarda onalik va bolalikni muhofazalash, oilada sog'lom muhitni shakllantirish, oilaning ma'naviy va iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, yoshlarning intellektual salohiyatini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratildi.

Davra suhbatida xotin-qizlarning faolligini yanada oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid tibbiy-ijtimoiy loyihalarni takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Поделиться