O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Misr Elchisi bilan uchrashuv
2017-01-10 | Siyosat
2017-yilning 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Misr Arab Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Amani al-Itrni qabul qildi.
Elchi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Suhbat davomida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston-Misr hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilib, o‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish va turizm sohasini rivojlantirish borasida tajriba almashishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.