O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afg‘oniston TIV delegatsiyasi bilan muzokaralarga doir

2017-01-09 | Siyosat

2017-yilning 9-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Hekmat Xalil Karzay boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari hamda bo‘lajak uchrashuvlar jadvali muhokama qilindi.

Shu kunning o‘zida Toshkent shahrida vazirlar o‘rinbosarlari darajasida O‘zbekiston-Afg‘oniston vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining birinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlar ko‘rib chiqildi.

Maslahatlashuvlar davomida hurmat, o‘zaro manfaatdorlik va qiziqishlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Afg‘oniston hamkorligini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Shuningdek xalqaro va mintaqaviy dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

Muzokaralarda Afg‘onistonning O‘zbekistondagi Elchisi Sayed Shahobuddin Timuriy ishtirok etdi.

Поделиться