O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyalar hajmi ortmoqda

2015-02-11 | Iqtisodiyot

Prezidentimizning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida jadal va mutanosib iqtisodiy o'sish, chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishda faol va aniq yo'naltirilgan investitsiya siyosati yuritish eng muhim omillardan ekani ta'kidlandi.

Navoiy viloyatida ham bu borada muayyan ishlar amalga oshirilib, iqtisodiy nochor hamda kam quvvat bilan ishlayotgan korxonalar faoliyatini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

– Sog'lomlashtirish dasturi ijrosi doirasida o'tgan yili 208 loyiha amalga oshirildi, – deydi viloyat xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi mas'ul xodimi S.Hamdamov. – Iqtisodiy nochor ishlab chiqarish obyektlariga kiritilgan investitsiyalar soha rivojiga xizmat qilmoqda. Masalan, 22 korxona tijorat banklari kreditlaridan samarali foydalanib, faoliyatini rivojlantirishga erishdi.

O'tgan yili 10 milliard 498 million so'mlik chet el investitsiyasi jalb etilgan Navoiy shahridagi "Navbahor tekstil" mas'uliyati cheklangan jamiyatida yiliga 5 ming 400 tonna paxtani qayta ishlash imkoniyati yaratildi. Ushbu korxonaning qayta tiklanishi bilan ikki yuz kishi ishli bo'ldi.

"Navbahor tekstil"da 2014-yili 7 milliard 810 million so'mlik ip-kalava tayyorlanib, uning 81 foizi eksport qilindi.

Viloyatda kam quvvat bilan ishlayotgan korxonalar faoliyatini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda. Xususan, joriy yilda oziq-ovqat sanoati, qurilish, qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarini yanada rivojlantirish uchun 27 milliard 986 million so'mlik investitsiya jalb etish rejalashtirilgan.

Поделиться