O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirini qabul qildi

2016-12-23 | Siyosat

Prezident Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 dekabr kuni Qozog'iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, qardosh Qozog'iston rahbariyati va xalqini tarixiy sana – davlat mustaqilligining 25 yilligi bilan yana bir bor samimiy tabrikladi.

O'zbekiston bilan Qozog'iston o'rtasida qaror topgan va chuqur tarixiy ildizlarga ega ishonchli va samarali munosabatlar mamlakatlarimiz va xalqlarimizning uzoq muddatli manfaatlariga javob berishi va o'zaro hamkorlikning barcha yo'nalishlarida bugun jadal rivojlanayotgani ta'kidlandi.

Qozog'iston tashqi ishlar vaziri samimiy qabul uchun Prezidentga minnatdorlik bildirib, davlatimiz rahbariga va O'zbekiston xalqiga Prezident Nursulton Nazarboyevning chuqur hurmat va ehtiromini etkazdi.

Yerlan Idrisov davlatimiz rahbarini Prezident saylovida ishonchli g'alaba qozongani bilan yana bir bor muborakbod etib, saylovda O'zbekiston xalqi mamlakatni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar izchil davom ettirilishini keng qo'llab-quvvatlashini butun dunyoga namoyon etganini ta'kidladi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz yaqin qo'shni va vaqt sinovidan o'tgan hamkorlar sifatida O'zbekiston va Qozog'istonda, butun Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashdan, iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyot va farovonlikdan birday manfaatdor ekani qayd etildi.

Shu nuqtai nazardan, Qozog'istonning 2017-2018-yillarda BMT Xavfsizlik kengashining muvaqqat a'zosi etib saylangani va bu O'zbekiston tomonidan keng qo'llab-quvvatlangani Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlarini global miqyosda himoya qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Suhbat chog'ida tomonlar O'zbekiston – Qozog'iston munosabatlariga oid, avvalambor, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlikning barcha yo'nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashdi. Xususan, savdo sohasida yirik sheriklar bo'lgan O'zbekiston va Qozog'iston 2016 yilning birinchi yarmida o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,079 milliard AQSh dollaridan oshgani e'tiborga olinib, bu boradagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishga tayyor ekani ta'kidlandi.

Tomonlar ikki va ko'p tomonlama serqirra hamkorlikning bugungi darajasidan mamnuniyat bildirib, 1998 yil 31 oktabrdagi abadiy do'stlik va 2013 yil 14 iyundagi strategik sheriklik to'g'risidagi davlatlararo shartnomalar ruhida o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini qayd etdilar.

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Поделиться