O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalar to‘g‘risida
2015-01-23 | Hujjatlar
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma qarori
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma'ruzasini eshitib, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati QAROR QILADILAR:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ma'ruzasidagi asosiy ustuvor yo'nalishlar qo'llab-quvvatlansin.
2. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati rahbariyatiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma'ruzasi yuzasidan palatalarning ma'ruzada qo'yilgan vazifalarni o'z faoliyatlarining aniq yo'nalishlariga muvofiq amalga oshirishga qaratilgan alohida keng qamrovli qarorini qabul qilish taklif etilsin.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N.Ismoilov
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N.Yo'ldoshev
Toshkent shahri, 2015 yil 23 yanvar