O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Faollik va tashabbuskorlik zarur

2015-01-29 | Siyosat

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda Prezidentimiz Islom Karimovning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma majlisidagi ma'ruzasida belgilab berilgan yo'nalishlar har tomonlama chuqur o'rganildi.

Partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari H.Ketmonov va boshqalar davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi barcha sohalarda islohotlarni izchil rivojlantirishda muhim bosqichni boshlab berganini ta'kidladi. Bu milliy saylov tizimini jahon andozalariga mos tarzda takomillashtirish, siyosiy partiyalar uchun imkoniyat va huquqlar yaratib berilganida ham yaqqol o'z ifodasini topmoqda.

Davlatimiz rahbarining parlament palatalarining qo'shma majlisidagi ma'ruzasida siyosiy partiyalar jamiyat manfaatini ifodalovchi qonun loyihalari, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar yaratilishida faol ishtirok etishi zarurligi qayd etildi.

O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi o'z saylovchilari bilan ish olib borishni kuchaytirish, qonunlarning joylardagi ijrosi, qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil ishlariga doir huquqiy-normativ hujjatlarni takomillashtirish jarayonida faol bo'lishga katta e'tibor qaratishi zarurligi ta'kidlandi. Bu borada fraksiya a'zolari va partiya ekspertlari o'z professional darajasini doimiy oshirib borishga e'tibor qaratish muhimdir.

Tadbirda seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlarini tegishli ekspertlar hamda turli soha mutaxassislarini jalb qilgan holda tashkil etishga e'tibor qaratish, ishlab chiqilayotgan va qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish darkorligi qayd etildi.

Поделиться