O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ekologiya va tadbirkorlik

2016-12-19 | Ekologiya

2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi, 2016-yil 21-sentabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga tushuntirish maqsadida O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida seminar tashkil etildi.

Mamlakatimiz boy tabiati va noyob biologik resurslari bilan dunyoning boshqa mintaqalaridan ajralib turadi. Yurtimizda to‘rt ming olti yuzdan ortiq turda o‘simlik, o‘n olti mingga yaqin hayvonot turini uchratish mumkin. Ularning muayyan qismi kamyob bo‘lib, faqat bizning mintaqamizda mavjuddir. 

Ushbu noyob tabiiy boyliklarni asrab-avaylash, yo‘qolib borayotgan turlarni ko‘paytirish, alohida muhofaza etiladigan hududlarni kengaytirish, tabiatga inson omili salbiy ta’sirining oldini olish yurtimizda amalga oshirilayotgan ekologik islohotlarning muhim yo‘nalishiga aylangan. 

O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga oid yangi tahrirdagi qonunlarda bu boradagi ustuvor vazifalar o‘z ifodasini topgan. Qonunchiligimizda belgilangan ana shunday tamoyillar, xususan, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlaridan umumiy va maxsus foydalanish borasidagi muhim vazifalarni hayotga tatbiq etish tadbirkorlar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. 

Seminarda yangi tahrirdagi qonunlarda o‘z ifodasini topgan asosiy tushunchalar, o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquqlari va majburiyatlari, hayvonot dunyosini muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarning aniq yo‘nalishlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini yuritish, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi o‘simlik va hayvonlar turlarini muhofaza qilish, yovvoyi hayvonlarni, ularning zoologiya kolleksiyalarini, o‘ljalarni va tulumlarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish hamda O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish, hayvonot va o‘simlik dunyosi monitoringini yuritish bilan bog‘liq masalalar xususida tadbirkorlarga batafsil ma’lumot berildi. 

Mutaxassislar tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi. 

 
 

Поделиться