O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qozog‘iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot

2016-12-06 | Saylov

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida Qozog‘iston tomonining tashabbusi bilan 2016-yil 5-dekabr kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘iston rahbari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabrikladi va davlat rahbari sifatidagi mas’uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. 

Muloqot chog‘ida tomonlar O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari haqida fikr almashdilar. Ikki mamlakatning turli vazirlik va idoralari o‘rtasidagi aloqalarga, xo‘jalik subyektlarining samarali hamkorligi, shuningdek, mintaqalararo aloqalar jadal rivojlanib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi. 

Davlat rahbarlari o‘zaro munosabatlarning barcha jihatlari va mintaqaviy hamda xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar. 

Suhbat mamlakatlarimiz rahbarlariga xos samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. 

Поделиться