O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ahil-inoqligimiz, totuvligimiz abadiy bo‘lsin

2016-12-04 | Saylov

Bosh qomusimizning 8-moddasida O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etishi qayd etilgan.

Ko‘pmillatli xalqimizning siyosiy ongi, huquqiy madaniyati yuksakligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Saylovda mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari faol qatnashmoqda. 

– Mamlakatimizda turli millat vakillari ahil-inoq istiqomat qilayotganligini hamjihatlikda, faollikda va birdamlikda o‘tayotgan har bir marosim va siyosiy tadbirda yaqqol ko‘rish mumkin, – deydi Respublika Baynalmilal madaniyat markazi direktori N.Muhammadiyev. – Hozirgi kunda mamlakatimizda 137 milliy madaniyat markazi samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilgan bag‘rikenglik, insoniylik, mehr-oqibat g‘oyalarini shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan etib belgilanganligining samarasidir. 

Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi Tuzel mahallasi ko‘pmillatli maskanlardan biri. Bu yerda tashkil etilgan 408-saylov uchastkasida saylov uyushqoqlik bilan o‘tmoqda. 
 

– O‘zbekiston hammamizga panoh bo‘lgan, rizq-ro‘z bergan yurt. Uni obod qilish, har tomonlama rivojlantirish burchimiz, – deydi Dungan madaniyat markazi raisi Mane Savurov. – Hozirgi kunda O‘zbekistonda to‘rt mingga yaqin dungan farovon hayot kechirmoqda. Men ham bugungi saylovda ishtirok etib, farzandlarimizning kamoloti, ertangi yorug‘ kelajagimiz va farovonligimiz uchun ovoz berdim. 

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashib, fuqarolik burchimni bajardim, – deydi koreys millati vakili Zoya Kim. – Biz keksa avlod vakillari davlatimizning g‘amxo‘rligini har doim his etib turamiz. Ko‘pmillatli xalqimiz katta oilada yashamoqda. Totuvligimiz bardavom bo‘laversin. 

Mamlakatimizda saylovga tayyorgarlik jarayonida turli millat vakillarining saylovoldi tashviqoti materiallari bilan tanishishiga alohida e’tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar tojik tilidagi "Ovozi tojik", "Ovozi Samarqand", qozoq tilidagi "Nurli jol" gazetalari nashr maydonidan bepul va teng foydalandi. Umuman olganda, saylov jarayoni haqidagi axborotlar mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalarida 17 tilda chop etilmoqda. 

– Mehr-oqibatlilik, samimiylik, mardlik, oliyjanoblik singari fazilatlarga ega o‘zbek xalqi bilan hamnafas, birdamlikda yashayotganimizdan faxrlanaman, – deydi turk millati vakili Musanif Fazliyev. – O‘zbekistonimizda barchaga birdek yaratilgan qulay sharoitlardan mamnunmiz. Umumiy uyimiz bo‘lgan O‘zbekistonda farovon hayot kechirib, yoshlarimizning qalbida Vatanga muhabbat, bag‘rikenglik, shukronalik, bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirishga o‘z hissamizni qo‘shmoqdamiz. Saylovda ana shu ezgu niyatlar ijobati bardavom bo‘lishi uchun ovoz berdik. 
 
 

Поделиться