O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi bosh kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2016-12-02 | Texnologiyalar
1 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi (BSOA) va Koreya Respublikasi Milliy saylov komissiyasining bosh kotibi Kim Yon Xi boshchiligidagi Koreya Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiya mamlakatimizda "elektron hukumat" tizimini rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining davlat organlari faoliyatida tatbiq etilishi, yuridik va jismoniy shaxslarning ma'lumotlar bazalarini shakllantirish holati hamda istiqbollari bilan tanishdilar.
Jumladan, mehmonlarga fuqarolik jamiyatini shakllantirish, qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ta’sirini o‘rganishda aholini jalb qilish, davlat organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalar xususida ma’lumot berildi.
Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi hamda Koreya Respublikasi o'rtasidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boýicha hamkorlik, ikkitomonlama mustahkam munosabatlarning mamlakat iqtisodiyoti hamda demokratik jamiyat qurishdagi ahamiyati qayd etildi.