O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Lordlar palatasi a’zosi bilan uchrashuv
2016-12-01 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a’zosi Muhammad Iltaf Shayx bilan uchrashuv bo‘ldi.
Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi S.Safoyev bilan suhbatda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar rivojida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xizmatlari ulkan ekani qayd etildi.
– O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi Islom Karimov mamlakatni har tomonlama rivojlantirdi, butun mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga ulkan hissa qo‘shdi, – dedi Muhammad Iltaf Shayx. – Mamlakatingizdagi tinchlikparvar siyosat, iqtisodiy taraqqiyot izchil davom etishida Prezident saylovi muhim ahamiyatga ega. Uchrashuv va suhbatlarimizda saylovchilarning huquqiy madaniyati, siyosiy jarayonlardan xabardorligi oshgani yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Yuksak mas’uliyatni his etgan O‘zbekiston xalqi o‘ziga munosib Prezident saylaydi, deb ishonamiz.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari xususida so‘z yuritildi.