O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Markaziy saylov komissiyasida uchrashuv
2016-12-01 | Saylov
30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov mamlakatimizga MDH tarkibida xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Tojikiston Respublikasi Saylov va referendum bo‘yicha markaziy komissiyasi raisi Xudoyorzoda Baxtiyor Tavar bilan uchrashdi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan tanishtirdi. Suhbat chog‘ida saylov kampaniyasi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tayotgani alohida ko‘rsatib o‘tildi. Xususan, Prezidentlikka nomzodlarga o‘z saylovoldi dasturlarini keng jamoatchilikka yetkazish, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha teng sharoitlar yaratib berilgan. Saylov kampaniyasi siyosiy raqobat, yuqori tashkiliy darajada o‘tmoqda.
Muloqot davomida ikki mamlakat saylov organlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.