O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvi

2016-11-24 | Saylov

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev 24-noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni nomzodning ishonchli vakili A.Hojiboyev ochdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi. 

Toshkent shahri zamonaviy qiyofasi, yirik sanoat korxonalari, muhtasham inshootlari, ilm-fan markazlari, so‘lim bog‘ va xiyobonlari bilan dunyoga mashhur. Toshkent mamlakatimizning asosiy intellektual markazi, xalqimizning faxri hisoblanadi. Poytaxtimizda 324 maktab, 122 kasb-hunar kolleji va akademik litsey, 39 oliy o‘quv yurti, 47 ilmiy-tadqiqot muassasa va markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 13 teatr, konsert zallari, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi ishlab turibdi. "O‘zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyi, Ma’rifat markazi va boshqa ko‘plab inshootlar shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turibdi. 

Nomzodning dasturida mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan. Sanoatni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish hisobidan iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini mustahkamlash va jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish, mahalliy byudjetlar daromadini ko‘paytirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. 

Aholi bandligini ta’minlash, birinchi navbatda, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, sud-huquq tizimini isloh etish, xorijiy davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash kabi muhim masalalar qamrab olingan. 

Uchrashuvda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar poytaxtimiz salohiyatini yuksaltirish, aholi hayot farovonligini muttasil oshirishda asosiy omil bo‘layotgani ta’kidlandi. Poytaxtimizda tibbiy va kommunal, transport xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, aholining madaniy dam olishi uchun keng sharoitlar yaratish, aholini shinam va arzon uy-joylar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. 

Uchrashuv videokonferensiya shaklida o‘tkazildi. Poytaxtimizning barcha tumanlaridan saylovchilar nomzodning dasturi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. 

Mehnat faxriysi T.Daminov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist G.Melnikova, Olmazor tumanidagi "Guzarboshi" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi T.Ergashev, Qozoq milliy madaniyat markazi faoli R.Qo‘shirboyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati E.Shukurov, FIFA referisi R.Ermatov, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Katta Qorasuv" mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Jabborova, Olmazor tumanidagi "Achaobod" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi X.Hikmatov, Toshkent shahar "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi B.Mirzayev va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan beqiyos o‘zgarishlar poytaxtimiz misolida ham yaqqol ifodasini topayotganini ta’kidladi. Prezident sayloviga tayyorgarlik milliy qonunchiligimiz va xalqaro demokratik tamoyillarga to‘la mos ravishda o‘tayotganini qayd etdi. Saylovchilarni 4-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi. 

Поделиться