O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sarvar Otamuratovning Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

2016-11-24 | Saylov

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 23-noyabr kuni Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan uchrashuvni xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi guruhi rahbari B.Mamajonov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili S.Nazarqosimov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi. 

Jizzax viloyati o‘zining go‘zal va betakror tabiati, boy tabiiy resurslari, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligidagi ulkan salohiyati bilan mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Viloyatda 2010-yildan buyon yalpi hududiy mahsulot 1,7 barobar o‘sdi. Keyingi besh yilda sanoat mahsulotlari hajmi 1,9-marta ko‘payib, yalpi hududiy mahsulotda uning ulushi 17 foizdan 21 foizga yetdi. 

Viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ham jadal rivojlanmoqda. Oxirgi besh yilda 4 mingdan ortiq kichik biznes subyekti tashkil etilib, ularning soni 8 ming 500 taga yetdi. Bugungi kunda ushbu sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 80 foizni, eksportdagi hissasi 87 foizni tashkil etmoqda. 

Prezidentlikka nomzod o‘z saylovoldi dasturida “Barkamol avlod – millat tayanchi” shiori ostida yosh avlodni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish vazifasi belgilanganini ta’kidladi. Jizzax davlat pedagogika, politexnika institutlari hamda Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurti yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashda muhim o‘rin tutmoqda. 

Dasturda zamonaviy bilim va malakaga ega muhandis-texnik, moliya-iqtisod, korporativ boshqaruv menejmentlari, axborot texnologiyalari sohasida dasturchilarni tayyorlashni tubdan kuchaytirish va mazkur sohalarda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, tarixiy va madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash va obodonlashtirishga qaratilgan vazifalar muhim o‘rin egallaydi. 

Viloyatda 372 madaniy meros obyekti ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 42 tasi tarixiy obida va muqaddas ziyoratgohlar, 267 tasi arxeologik, 63 tasi monumental yodgorliklardir. Bu bebaho merosni ko‘z qorachig‘idek asrash va kelgusi avlodlarga yetkazish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. 

Uchrashuvda Jizzax davlat pedagogika instituti xorijiy tillar fakulteti dekani A.Mamatov, Baxmal qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji direktorining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari M.Norqo‘ziyeva, “Kelajak bunyodkori” gazetasi muxbiri U.Po‘latova nomzodning dasturi yuzasidan fikr bildirdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi. 

 
 

Поделиться