O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qozog‘iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida

2016-10-10 | Siyosat

2016-yil 10-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida Qozog‘iston tomonining tashabbusi bilan telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbarlari yaqinda oliy darajada o‘tgan uchrashuvlar chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama etdilar. 

Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston delegatsiyalari turli darajadagi amaliy tashriflarining yakunlariga, ustuvor yo‘nalishlarda muhim tijorat shartnomalari tuzilganiga yuqori baho berdilar. 

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev qator mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar. 

O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari o‘zaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish, do‘stlik va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash to‘g‘risida kelishib oldilar. 

Поделиться