O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

2016-09-29 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan salmoqli hissasi, ta’lim-tarbiya tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatishdagi fidoyiligi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

 
«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi»


Mamasharipova Dilorom Muxammadiyevna - Oqdaryo tumanidagi 45-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika va informatika fanlari o‘qituvchisi, Samarqand viloyati 

Fozilova Ra’no To‘laganovna - Chinoz tumanidagi 40-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati 
 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi»


Bozorov Abduqayum Karimovich - Baliqchi tumanidagi 12-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining kimyo fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati 

Genjemuratova Gulsara Oralbayevna - Qorao‘zak tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi»


Alimov Abdixamid Karimovich - Dehqonobod tumanidagi 89-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika va informatika fanlari o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati 

Axadov Komiljon Yaxiyayevich - Do‘stlik tumanidagi 18-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati 

Jurayeva Raxima Bustanovna - Mingbuloq tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati 

Qulmamatova Guljahon Abduraxmonovna - Muzrabot tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati 

Mirzayeva Nazira Usmanovna - Farg‘ona politexnika instituti qoshidagi Yormozor akademik litseyining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati 

Sayidova Nasiba Saidulloyevna - Qiziltepa yengil sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Navoiy viloyati 
 

Toshpulatova Matlyuba Abduganiyevna - Boyovut tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati 

Xajiyev Kuvandik Sadullayevich - Urganch avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Xorazm viloyati 

Xalimova Nurzoda Olimovna - Vobkent qurilish va transport kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Buxoro viloyati 
 
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi»

Shamirzayev Abduvali Tashpulatovich - Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi 

Yurtimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish, chuqur bilim va kasb-hunarga ega malakali kadrlarni tayyorlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin: 
 
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Erjanova Bagdagul Aralbayevna - Mo‘ynoq tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Qurbonov Abdulxafiz Yusupovich - Shahrixon avtomobil yo‘llari qurilishi kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Andijon viloyati 

Nazarova Fatima Sharipovna - Samarqand davlat tibbiyot instituti qoshidagi 2-akademik litseyning biologiya fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati 
 
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abduraxmanova Ozoda Dexkanboyevna - Quyi Chirchiq tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati 

Baltayev Yusupbay Saparbayevich - Gurlan tumanidagi 40-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati 

Bekmirzayeva Dilbar Karshiboyevna - Jizzax tibbiyot kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Jizzax viloyati 
 
Bozarov Abdixakim Ergashevich - Navbahor tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati 

Qilichova Dilorom Xaydarovna - Jondor tumanidagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati 

Mamadjanova Odina Axmadjonovna - Izboskan tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Andijon viloyati 

Nurmuxamedova Barno Rashidovna - Shayxontohur tumanidagi 132-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri 

Otarbayev Azatbay Uzakbayevich - Nukus madaniyat va san’at kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
 
Parpiyev Qodirali Maxsudaliyevich - To‘raqo‘rg‘on sanoat va transport kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Namangan viloyati 

Turapov Baxriddin Rajapovich - Yakkabog‘ tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati 

Urunov Ortiq Ummatovich - Bulung‘ur maishiy xizmat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Samarqand viloyati 

Xidirova Zulxumor Abdirashidovna - Qumqo‘rg‘on tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, Surxondaryo viloyati 

Xojikulova Moxiraxon Usmonovna - Dang‘ara tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati 

Shermatov Said  Nazarovich - Xovos transport kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati 
 
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Abdumalikov Baxrom Abduganiyevich - Respublika oliy sport mahorati maktabining og‘ir atletika bo‘yicha bosh murabbiyi, Toshkent shahri 

Toshxonova Go‘zalxon Voxobovna - Uchko‘prik tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati 

Tursunpulatov Abror Nabiyevich - Toshkent viloyatidagi ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi 
 
«Do‘stlik» ordeni bilan

Bozorova Nodira Tog‘oyevna - Karmana tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Navoiy viloyati 

Boqiyev Asqarali Shomatovich - Kasbi qishloq va suv xo‘jaligi kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati 

Boratova Nigoraxon Axmatjanovna - Farg‘ona shahridagi 4-bolalar musiqa va san’at maktabi direktori, Farg‘ona viloyati 

Jo‘rayeva Ra’no O‘rinovna - Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik litseyning kimyo fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri 

Ibragimova Gulbaxor Kayumovna - Andijon shahridagi 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati 

Kapitanov Yuriy Petrovich - Bekobod sanoat kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Toshkent viloyati 

Qurbonova Matluba Xursanmurodovna - Tayloq tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati 

Kuchkarova Muxabbat Ishmuratovna - Jizzax shahridagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Jizzax viloyati 

Mamatova Matluba Sotiboldiyevna - Chortoq tumanidagi 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati 

Nametullayeva Nigarxan Genjebayevna - Kegeyli tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Urinboyeva Lolaxon Bolibekovna - Sardoba tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati 

Xaliyarov Panji Azamovich - Jarqo‘rg‘on sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati 

Xodjayev Ravshan Ilxanovich - Buxoro olimpiya zaxiralari kollejining boks bo‘yicha murabbiyi, Buxoro viloyati 

Xudayberganov Jamshid Ismailovich - Xorazm viloyatidagi ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiyi 
 
«Shuhrat» medali bilan

Abdugafurova Xafizaxon Yusupovna - Kosonsoy oziq-ovqat sanoati va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Namangan viloyati 

Abdullayev Zoxid Shermamatovich - Samarqand axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati 

Abdurazakova Mexrinisa Raimberdiyevna - Angren pedagogika va xizmat ko‘rsatish kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Toshkent viloyati 

Abdurozakov Sadik Muratovich - Shahrisabz tumanidagi 2-bolalar musiqa va san’at maktabining o‘zbek xalq cholg‘ulari sinfi o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati 

Aimuratova Gulbaxar Orinbayevna - 2-Nukus tibbiyot kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Amridinova Mavlyuda Shavkatovna - Samarqand shahridagi 9-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Samarqand viloyati 

Axmadjanova Umidaxon Mo‘minovna - Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati 

Babadjanova Dilbar Ruzmetovna - Xiva yengil sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Xorazm viloyati 

Bayqulova Manzura Jonzoqovna - Mirzaobod tumanidagi 3-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Sirdaryo viloyati 

Ganiyev Abduvoxid Abduvaliyevich - Toshkent xizmat ko‘rsatish va servis kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Toshkent shahri 

Danakulova Farida Eshimovna - Jomboy tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati 

Dusmuratova Lola Kuvanovna - Termiz shahridagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati 

Jiyanov Xasanboy Egamkulovich - Bekobod shahridagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati 

Jolmurzayeva Tazagul Jumaxmedovna - Taxtako‘pir tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Jonzoqova Sayyora Anvarovna - Yangiyer pedagogika kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati 

Zaripova Saodat Sunatovna - Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati 

Ibroximov Farxod Xasanovich - Yangiariq tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati 

Kasimova Galiya Valizyanovna - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 2-bolalar musiqa va san’at maktabining fortepiano sinfi o‘qituvchisi, Toshkent shahri 

Kenjayev Melikuzi Numonovich - Qo‘qon avtotransport kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati 

Qilichev To‘lkin Maxmurovich - Chirchiq olimpiya zaxiralari kollejining boks bo‘yicha bosh murabbiyi, Toshkent viloyati 

Qurbonov Yunus Jurayevich - Qarshi tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati 

Lutfullayev Xayrulla Shirinxonovich - Jizzax transport va aloqa kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Jizzax viloyati 

Mendibayev Baxram Rustamovich - Respublika oliy sport mahorati maktabining og‘ir atletika bo‘yicha murabbiyi, Toshkent shahri 

Mirzayeva Aziza Saibjanovna - Xo‘jaobod tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati 

Mirzayeva Gulbahor Xamdamovna - Qarshi shahridagi «Muruvvat» nogiron bolalar uchun internat uyi tarbiyachisi, Qashqadaryo viloyati 

Muradova Nodira Baxodirovna - Namangan sanoat kasb-hunar kollejining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati 

Murodov Halim Salimovich - Kogon shahridagi 17-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati 

Muxitdinova Sayyora Tuxtayevna - Buxoro politexnika kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Buxoro viloyati 

Nazarov Sarsenbay Paxraddinovich - Qonliko‘l qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Namozova Xabiba Raxmankulovna - Uzun tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati 

Paxritdinova Nodira Askarovna - Yashnobod tumanidagi 67-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Toshkent shahri 

Poyanov Zokirjon Ziyadullayevich - Denov tumanidagi «Hazorbog‘» qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Surxondaryo viloyati 

Rayimov Ravshan Isayevich - Xatirchi tumanidagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi, Navoiy viloyati 

Raupov Ilyos Axadovich - G‘ijduvon tumanidagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati 

Sadullayeva Guliston Nurullayevna - Xonqa tumanidagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tasviriy san’at va chizmachilik fanlari o‘qituvchisi, Xorazm viloyati 

Saidov Rizoqul Yoriqulovich - Peshku sanoat kasb-hunar kollejining informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati 

Sattorova Maxfuza G‘apporovna - Furqat tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Farg‘ona viloyati 

Safarov Bobomurod Raximovich - G‘uzor neft-gaz sanoati kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati 

Soatova Gulchiroy Karimovna - Muborak sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati 

Tuychibayeva Xilolaxon Erkinovna - Uchqo‘rg‘on tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi, Namangan viloyati 

Tuxtabayev Zuxritdin Parpiyevich - Andijon maishiy xizmat kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Andijon viloyati 

Umirov Oybek Abduvayitovich - Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Toshkent shahri 

Urashayeva Umit Allamuratovna - Xo‘jayli agroiqtisodiyot kollejining maxsus fan o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Xayitov Sherali Ismatovich - Baxmal tumanidagi 44-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati 

Xodjayeva Mashxura Mirzaabdullayevna - Namangan tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Namangan viloyati 

Xodjimatova Xikoyatxon Tursunovna - Farg‘ona shahridagi «Muruvvat» nogiron bolalar uchun internat uyi tarbiyachisi, Farg‘ona viloyati 

Xuddiyev Komiljon Muxtorovich - Navoiy konchilik kollejining ishlab chiqarish ta’limi ustasi, Navoiy viloyati

Sharipova Durdona Mirazamovna - Uchtepa tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi, Toshkent shahri 

Shoxo‘jayev Shoqosim Sidiqovich - Oqqo‘rg‘on agrosanoat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejining fizika fani o‘qituvchisi, Toshkent viloyati 

Yakubov Chori Adinayevich - Angor pedagogika kollejining tasviriy san’at va chizmachilik fanlari o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
vazifasini bajaruvchi                                                          Sh.Mirziyoyev
 

Toshkent shahri, 
2016-yil 29-sentabr 

Поделиться