O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BAA TIV rahbari bilan uchrashuv
2016-09-25 | Siyosat
2016-yilning 23-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok etayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarining Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayx Abdulla bin Zaid Al Nahayan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlar holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, shuningdek BMT doirasidagi aloqalar va Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan majlisi nuqtai nazaridan IHT doirasidagi hamkorlik ko‘rib chiqildi.