O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMT Bosh Assambleyasi Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

2016-09-19 | Siyosat

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 71-sessiyasi majlisi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni yod etish marosimi bilan boshlandi. Ushbu nufuzli anjuman ishtirokchilari – BMT vakillari, 193 mamlakat delegatlari, davlat rahbarlari, siyosatchilar, diplomatlar va boshqalar Prezident Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

BMT yangiliklar markazi xabar qilishicha, BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun, Bosh Assambleyaning 71-sessiyasi raisi Piter Tomson va qator davlatlar vakillari jahonning eng yuksak minbaridan Islom Karimovning O‘zbekiston farovonligi, mintaqamiz tinchligi va barqarorligi yo‘lida amalga oshirgan ulkan ishlari haqida so‘z yuritgan. 

Pan Gi Mun Prezident Islom Karimovning oila a’zolari va O‘zbekiston xalqiga yana bir bor hamdardlik bildirgan. 

– Islom Karimov O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli sa’y-harakatlarni amalga oshirdi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Mingyillik rivojlanish maqsadlarini bajarishda muhim yutuqlarga erishdi va barqaror rivojlanishning yangi vazifalarini qo‘llab-quvvatladi. Davlat rahbari rahnamoligida mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga ulkan hissa qo‘shildi. Islom Karimov tashabbusi bilan 2009-yilda Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etilgani jahon hamjamiyatining muhim yutuqlaridan biri bo‘ldi, – dedi Pan Gi Mun. 

BMT Bosh kotibi O‘zbekistonga ikki bor rasmiy tashrif bilan kelganini, xalqimizning samimiyatini his qilganini qayd etgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganiga 25-yil to‘ldi. Bir paytlar Prezident Islom Karimov aytganidek, xalq manfaati, huquq va erkinliklari mamlakat rivojining ustuvor yo‘nalishiga aylandi, deb ta’kidlagan Pan Gi Mun. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan fundamental islohotlarga hissa qo‘shish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish niyatida sobitligini bildirgan. 

Tadbirda BMTning besh mintaqaviy guruhi – Osiyo, Afrika, Sharqiy Yevropa, G‘arbiy Yevropa, Lotin Amerikasi va Karib havzasi guruhlari vakillari so‘zga chiqqan. Ular Islom Karimovning tinchlikparvar siyosati, asosli tashabbuslari va amaliy ishlari ulkan mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaganini e’tirof etgan. 

Qozog‘istonning BMTdagi Doimiy vakili Qayrat Abdraxmanov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qat’iyatli, mard va to‘g‘riso‘z lider, tenghuquqli va o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlik tarafdori bo‘lganini ta’kidlagan. Sharqiy Yevropa davlatlari nomidan so‘zga chiqqan Estoniya vakili Islom Karimov rahbarligida O‘zbekiston yuritgan siyosat Markaziy Osiyoda barqarorlik va xalqaro munosabatlar rivojiga xizmat qilganini bayon etgan. 

O‘zbekistonning BMTdagi Doimiy va muxtor vakili Muzaffar Madrahimov vatandoshlarimiz uchun og‘ir bo‘lgan pallada hamdarlik bildirgani va qo‘llab-quvvatlagani uchun anjuman ishtirokchilariga minnatdorlik bildirgan. Islom Karimov erkin fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurishning chuqur o‘ylangan strategiyasini ishlab chiqqan va amalga oshirgan buyuk davlat arbobi sifatida yuksak obro‘-e’tibor qozongan edi, deya ta’kidlagan. 

Avvalroq, 6-sentabr kuni Islom Karimov vafotiga motam belgisi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York, Jeneva va Rim shaharlaridagi binolari yonidagi BMT bayroqlari tushirilgan edi. 

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida ham O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirildi. 

Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. 

Bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov zamonamizning buyuk siyosatchisi, uzoqni ko‘ra oladigan va strategik fikr yuritadigan nodir qobiliyat sohibi, tinchlikparvar va xalqparvar davlat rahbari, dono islohotchi va komil inson sifatida butun dunyoda yuksak obro‘-e’tibor qozonganidan dalolat beradi. 

Поделиться