O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy saylov komissiyasi xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni taklif qildi

2016-09-19 | Saylov

Ma’lumki, mamlakatimizda 2016 yil 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ga,Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi (MDH Ijroiya qo‘mitasi)ga, Shanhay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga, Islom hamkorligi tashkiloti (IHT)ga va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi (BSOA)ga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etish uchun rasman taklifnomalar yubordi.


“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining5-moddasiga muvofiq saylov komissiyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishni ochiq va oshkora amalga oshiradilar. O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradilar.


Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, matbuot, televideniye va radio vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.


Boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi. Ularning faoliyati Markaziy saylov komissiyasining 2016 yil 15 sentyabrdagi 734 son qarori bilan tasdiqlangan hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek saylov tashkil qilish va o‘tkazish sohasidagi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari va prinsiplariga muvofiq ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.


Ta’kidlash lozimki, xalqaro va xorijiy kuzatuvchilarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishi butun saylov jarayonining oshkoraligi va ochiqligi tamoyillari mustahkamlanishiga, umumiylik, tenglik, erkinlik va yashirin ovoz berish kabi demokratik saylovlarning tamoyillariga rioya etilishiga xizmat qiladi.

Поделиться